Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTHda 3 kishi jarohatlandi
Yangihayot tumanida kuzatilgan YTH oqibatida 3 nafar haydovchi shifoxonaga olib ketilgan.
Foto: Videodan kadr
Yangihayot tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 11 aprel kuni soat 21:50 larda Yangihayot tumani Qo‘rg‘ontepa 1-tor ko‘chasida Bestune, Cobalt va Damas rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
YTH oqibatida 3 nafar haydovchiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida.
Mavzuga oid
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026