Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yigit Suriyadagi jang maydonida o‘ldirilgani aniqlandi
17 yoshida yashirin yo‘llar orqali Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan Sirojiddin Shokirov jang maydonida o‘ldirilgani aniqlandi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Sirojiddin Shokirov 1997 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014 yilda Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan.
2015 yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e’lon qilingan.
U Qozog‘iston orqali Turkiyaga borgan. U yerdan yashirin yo‘llar orqali Suriyaga o‘tgan va IShIDga qo‘shilgan, uning tarkibida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan. Jangarilik harakatlarida qatnashib vafot etgan.
"Hurmatli ota-onalar, farzandingizni aslo e’tiborsiz qoldirmang, ijtimoiy tarmoqlar orqali kimlar bilan aloqada bo‘lishini, qaysi sahifalarni kuzatib borishini doimo nazorat qiling! Ogoh bo‘ling, farzandingiz yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymang!" - deyiladi IIBB ma’lumotida.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026