O‘zbekiston | 11:08 / 14.04.2024
8776
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistondagi maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni ma’lum qilindi
O‘qituvchilar soni so‘nggi 5 yilda 61,1 ming nafarga oshgani aytilmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshida O‘zbekistonddagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2019/2020 o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
- 2019/2020 o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
- 2020/2021 o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
- 2021/2022 o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
- 2022/2023 o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
- 2023/2024 o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar.
Ma’lumot uchun, 2023/2024 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.
Mavzuga oid
09:30
“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman” – o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
20:43 / 09.11.2024