Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning uchta hududi elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi
Bektemir, Mirobod va Olmazor tumani ayrim hududlarida «svet» o‘chiriladi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 16 aprel kuni Toshkentning uchta hududi elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» xabar berdi.
Ushbu hududlar quyidagilar:
- Bektemir tumani: «Husayn Boyqaro» mahallasining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Mirobod tumani: «Oq uy» mahallasining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Olmazor tumani: «Ahil», «Gulzor», «Moyariq», «Ibrohim ota» va «Miskin» mahallalari ayrim hududlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026