ABC News: Isroil Erondagi obektga raketa zarbasi berdi
Isroil raketalari Erondagi obektga zarba berdi, deb xabar qilmoqda ABC News AQSh rasmiysiga tayanib.
19 aprel, jumaga o‘tar kechasi Isroil Erondagi obektga raketa hujumi uyushtirdi, deb xabar berdi ABC News o‘z ismini oshkor etmagan amerikalik rasmiyga tayanib.
«Eronning havo mudofaasi mamlakatning bir qancha viloyatlari osmonida ishlab ketdi», — deya xabar beradi IRNA Eron davlat axborot agentligi.
Eronning Fars agentligi xabariga ko‘ra, Isfahon aeroportida portlash ovozi eshitilgan, biroq portlash sabablari ma’lum emas. CNN telekanalining xabar berishicha, Eron g‘arbidagi havo hududida bir necha yo‘lovchi laynerlari yo‘nalishlarini o‘zgartira boshlagan.
Eron rasmiylari bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.
Eronning Isroilga hujumi
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyushtirdi. Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilishga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqchilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat tashqarisida urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Faqat bir nechta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tushib, «kichik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.
Erondan tashqari, Isroilga hujumlar Yaman husiychilari, shuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oshirilgan.
10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan hujum uchun javob qaytarish bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘ldi. Shundan so‘ng Eronning oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanishini» aytdi.
Mavzuga oid
10:30
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
14:54 / 22.11.2024