Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi yopiladi
KHAYning Turkqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat ko‘chasigacha bo‘lgan harakat yo‘nalishi bir tomoni 2024 yil 19 aprel kunidan boshlab 7 kunga yopiladi.
2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan o‘tgan 260 metr uzunlikdagi eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan, birinchi bosqichida, KHAYning Turkqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat ko‘chasigacha bo‘lgan harakat yo‘nalishining bir tomoni 2024 yil 19 aprel kunidan boshlab 7 kun muddatga yopiladi.
Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026