O‘zbekiston | 15:34 / 24.04.2024
4362
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

AJ mas’ul shaxslari “Zarband (1978)” marmar konining kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan tashqarida o‘zboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, “S.” AJ mas’ul shaxslari “Zarband (1978)” marmar konining kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan tashqarida o‘zboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olib, tabiiy obektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid