Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donor qoni plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Donor qonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Prezidentning “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan donor qonini to‘plash va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini xususiy tartibda ishlab chiqarishga taqiq bekor qilingan.
Hujjat bilan Donor qonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Belgilanishicha, donor qonidan qon plazmasini dori moddasi (substansiya) sifatida ajratib olish, to‘plash, uning asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishga quyidagi talablarni bajargan yuridik shaxslar uchun ruxsat beriladi:
- tibbiy hamda farmatsevtika faoliyati uchun tegishli litsenziyalarga ega bo‘lish;
- “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”ning milliy talablariga muvofiqlik to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lish;
- donor qonidan qon plazmasini dori moddasi (substansiya) sifatida plazmafarez usulida O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tibbiy texnika vositasida ajratib olish.
Shuningdek, qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishda sifatni ta’minlashga doir talablar alohida tarzda belgilandi.
Mavzuga oid
08:31 / 15.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga oid holatlar aniqlandi
12:22 / 08.01.2026
Dori sotib olish uchun retseptni qanday olish mumkin?
09:05 / 07.01.2026
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
15:22 / 06.01.2026