Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi
Odatda buning uchun kamida 3 yil vaqt sarflanar edi.
Janubiy Koreyadagi Fundamental fanlar instituti olimlari sun’iy olmosni bir necha daqiqada o‘stirishga yordam beradigan texnikani ishlab chiqdi. Jarayon kuchli siqishni talab qilmaydi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida e’lon qilindi.
Yangi usul suyuq metallarni aralashtirishga asoslangan. Aralashma tarkibiga nikel, galliy, temir va kremniy kiradi.
Jarayon, shuningdek, 1025 daraja Tselsiygacha kuchli qizdirishni talab qiladi. Grafit korpus ichidagi maxsus vakuum tizimi metallarni metan va vodorod aralashmasi ta’siri orqali tez qizdirish va sovutish imkonini beradi.
Bunday sharoitda metandagi uglerod atomlari erigan metall bilan birikib, olmos uchun asos yaratadi. Atigi 15 daqiqadan so‘ng, suyuq metalldan mayda kristall zarrachalar paydo bo‘ladi.
2,5 soatdan keyin uzluksiz olmos plyonkasi hosil bo‘ladi. Bosim 1 atm (standart atmosfera birligi) edi - odatda sun’iy olmos yaratish uchun talab qilinadiganidan o‘n ming marta kamroq.
Sintetik olmoslar turli xil sanoat jarayonlarida, elektronikada va hatto kvant kompyuterlarida keng qo‘llaniladi. Olimlarning qayd etishicha, yangi texnika ularni ishlab chiqarishni ancha tezlashtiradi va osonlashtiradi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 karat o‘lchamdagi tabiiy olmoslarning Yer qa’rida o‘sish tezligi sharoitga qarab, 4,5 oydan 17,5 yilgacha davom etishi mumkin.
Mavzuga oid
17:57
Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda ishga tushiriladi
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
22:16 / 11.06.2026