Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilganlar ushlandi
TOEFL IBT sertifikati olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqarolar M.K. va A.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro U.Yu.ning ishonchiga kirib, uning turmush o‘rtog‘i Sh.Yu.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan TOEFL IBT sertifikatini olib berishi evaziga 1800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026
Toshkentda sertifikatsiz dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
12:25 / 11.02.2026