O‘zbekiston | 14:12 / 25.04.2024
2965
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

Uchtepa tumani hududida joylashgan savdo do‘konida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaroga sotgan shaxslar ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro Yo.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida Uchtepa tumani hududida joylashgan savdo do‘konida “Reduksin Layt” va “Zerofit” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 1,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Departament xabariga ko‘ra, ushbu savdo do‘konidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan jami 10 turdagi 365 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida ham olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid