O‘zbekiston aeroportlaridagi shifokor va qutqaruvchilar Belarusda o‘qitildi
O‘zbekiston aeroportlarining 21 nafar shifokor va qutqaruvchilar guruhi Belarusda aviatsiya tibbiyoti va avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlari bo‘yicha treningda qatnashdi.
Joriy yilning 15-22 aprel kunlari Belarusda O‘zbekiston xalqaro aeroportlarining qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlaridan tashkil topgan guruhi xalqaro ICAO talablariga muvofiq aviatsiya tibbiyoti hamda avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish bo‘yicha treningda qatnashdi.
Mashg‘ulotlar Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi universiteti huzuridagi yong‘in xavfsizligi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash xalqaro o‘quv markazida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston aeroportlarining 21 nafar xodimi, jumladan sog‘lomlashtirish markazlari rahbarlari va shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari rahbarlari aviatsiya tibbiyoti asoslari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, fuqarolik aviatsiyasida psixologiya, fiziologiya va sanitariya asoslari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitildi.
O‘zbekistonlik hamkasblar uchun o‘quv maydonlarida kompleks mashg‘ulotlar, tibbiyot simulyatsiya markazida o‘quv mashg‘ulotlari, Minsk milliy aeroportidagi sog‘liqni saqlash markazlari va qidiruv-qutqaruv guruhlariga tashrif hamda Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligining Aviatsiya davlat aviatsiya qutqaruv institutida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
17:21 / 09.12.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
19:40 / 06.12.2024
Lukashenkoda ham yadroviy qurolning «qizil tugmasi» borligi ma’lum bo‘ldi
13:15 / 30.11.2024