Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi
Gukesh Dommaraju shov-shuvli tarzda nomzodlar trunirida g‘olib bo‘ldi. Endi u noyabr oyida jahon chempioni, xitoylik Din Lijen bilan bahslashadi.
Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon toji uchun nomzodlar turniri yakunlandi.
Musobaqada Hindiston vakili, 17 yoshli Gukesh Dommaraju 9 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va shov-shuvli tarzda 1-o‘rinni egalladi.
Yosh shaxmatchi turnir favoritlari - amerikalik Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va rossiyalik Yan Nepomnyashchiydan o‘zib ketishga erishdi.
Endi Dommaraju jahon shaxmat toji uchun bahsda xitoylik Din Lijen bilan o‘ynaydi. Final musobaqasi 2024 yil noyabr oyida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, jahonning ko‘pkarra chempioni, norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen nomzodlar turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi. Buni «kurashdan zavq olmay qolgani» bilan izohladi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik shaxmatchilardan hech kim nomzodlar turnirida ishtirok etmadi.
Shaxmat. Toronto-2024, nomzodlar turniri.
3-21 aprel.
Yakuniy holat:
1. Gukesh Dommaraju (Hindiston) – 9 ball
2. Hikaru Nakamura (AQSh) – 8,5
3. Yan Nepomnyashchiy (Rossiya) - 8,5
4. Fabiano Karuana (AQSh) – 8,5
5. Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston) – 7
6. Vidit Gujrati (Hindiston) – 6
7. Alirizo Firuzjoh (Fransiya) – 5
8. Najot Abbasov (Ozarboyjon) – 3,5.
Mavzuga oid
20:26 / 07.05.2026
Sindorov rapid shaxmatda Gukeshga yutqazdi
21:01 / 30.04.2026
Dommaraju – Sindorov: jahon shaxmat toji uchun o‘tkaziladigan o‘yin sanasi belgilandi
18:02 / 15.04.2026
Oldimizda yana ikkita marra turibdi – Javohir Sindorovning murabbiyi
19:30 / 12.04.2026