Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IHTT global iqtisodiy prognozni yaxshiladi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda jahon yalpi ichki mahsuloti 3,1 foizga o‘sishi mumkin. Fevral oyida u 2,9 foiz ko‘rsatkichni taxmin qilgan edi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) jahon iqtisodiyoti bo‘yicha o‘z prognozini yaxshiladi. Joriy yil oxirida jahon yalpi ichki mahsuloti 3,1 foizga oshishi mumkin, deya xabar berdi tashkilot 2 may, payshanba kuni. Fevral oyidagi prognozda o‘sish 2,9 foizni tashkil etishi kutilgan edi.
IHTT ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 2024 yilda global iqtisodiy rivojlanishning asosiy motori bo‘ladi. Bu mamlakatda u yalpi ichki mahsulotning 2,6 foiz o‘sishini kutmoqda, bu avvalroq taxmin qilingan 2,1 foiz ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori.
Germaniya iqtisodiyoti atigi 0,2 foizga, yevrohudud - 0,7 foizga o‘sadi
Shu bilan birga, Germaniya iqtisodiyoti atigi 0,2 foizga o‘sadi, bu IHTTning fevral oyidagi prognozidan 0,1 foizga kamdir. Butun yevrohudud doirasida iqtisodiy o‘sish sur’ati, tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 0,7 foizni tashkil etadi (avvalgi prognozda – 0,6 foiz).
Shu bilan birga, IHTT Xitoy va Hindiston, shuningdek, Rossiyada yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini yaxshiladi. Uning ekspertlari fikricha, 2024 yilda Rossiya iqtisodiyotining o‘sishi 2,6 foizni tashkil qiladi. Fevral oyida ular Rossiya Federatsiyasida 1,8 foiz o‘sishni kutishgan. Xitoy iqtisodiyoti, 4,9 foizga o‘sishi mumkin (ilgari 4,7 foiz deb taxmin qilingan edi).
Umuman olganda, IHTT hisobotida qayd etilishicha, global iqtisodiyotda «ehtiyotkor optimizm» kuzatilyapti. Biroq, jiddiy geosiyosiy keskinlik va xavotirlar, xususan, energetika va moliya bozorlari bilan bog‘liq xavflar saqlanib qolmoqda.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
10:53 / 24.04.2026
Yevrozonada biznes faolligi pasaydi: xarajatlar bosimi kuchaymoqda
17:06 / 18.04.2026
Eron urushi ta’siri va naqdsiz to‘lov mantiqsizliklari - Behzod Hoshimov bilan suhbat
08:04 / 04.04.2026