Xitoy Oyning teskari tomoniga uchuvchisiz zondni uchirdi
Xitoyning «Chane-6» zondi birinchi marta Oyning qorong‘i tomonidan tuproq namunalarini yig‘ish va ularni Yerga yetkazish uchun mo‘ljallangan. Missiya 53 kun davom etadi.
Xitoy Oyning teskari tomonini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi missiyani boshladi. «Chane-6» Oy zondiga raketa-tashuvchi 3 may, juma kuni Xitoy janubidagi Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan uchirildi. Zond birinchi bo‘lib Oyning qorong‘i tomonidan tuproq namunalarini yig‘adi va ularni Yerga yetkazadi.
Missiya 53 kunga mo‘ljallangan. Xitoy mifologiyasida Oy ma’budasi nomi bilan atalgan «Chane-6» zondi eng katta ma’lum bo‘lgan Oy krateri – Janubiy qutb havzasi - Eytkenga qo‘nishi, ikki kilogramm tuproq namunalarini yig‘ishi va bir qator boshqa tajribalar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Olingan namunalarni Yerga yetkazish uchun zond Oy yuzasidan ko‘tarilishi kerak bo‘ladi. Missiyaning qiyinligi shundaki, Oyning teskari tomoni hech qachon Yerdan ko‘rinmaydi va u bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri radio-aloqa o‘rnatish mumkin emas.
2019 yilda Xitoy birinchi marta «Chane-4» zondini Oyning qorong‘i tomoniga muvaffaqiyatli yubordi.
2020 yilda «Chane-5» missiyasi bilan Xitoy Oyning ko‘rinadigan tomonidan toshlarni yig‘ib, ularni Yerga qaytargan AQSh va Sovet Ittifoqidan keyin uchinchi davlat bo‘ldi.
2030 yilga borib Xitoy Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshiga boshqariladigan parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
23:34 / 19.11.2024