Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshadan O‘zbekistonga grant va moliyaviy-texnik ko‘mak jalb qilinishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Alisher A’zamxo‘jayev Polsha tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Magdalena Polak-Zoladkevich va Hamkorlikni rivojlantirish departamenti direktori Magdalena Sidorovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni barcha sohalarda yanada jadallashtirish, Polshadan O‘zbekistonga grant va moliyaviy-texnik ko‘mak jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Polsha vakillari o‘zbekistonlik talabalar uchun har yili Akademik almashinuv milliy agentligining (NAWA) grantlari va stipendiyalari taqdim etilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Polsha TIV Hamkorlikni rivojlantirish departamenti va Lex Kachinskiy nomidagi Davlat boshqaruvi milliy maktabining (KSAP) "Sharqiy hamkorlik davlat boshqaruvi akademiyasi" (AAPPW) dasturi orqali O‘zbekiston davlat idoralari xodimlari uchun ikki haftalik maxsus malaka oshirish treninglari tashkil etish mumkinligi qayd etildi.
Bundan tashqari, Polsha Strategik zaxiralar davlat agentligi, Lane Kirkland stipendiya dasturi, EURLO dasturi, Adamed kompaniyasi va boshqa jamg‘armalar orqali O‘zbekistonga Polshadan grant va moliyaviy-texnik ko‘makni ikki barobarga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:31 / 31.05.2026
“Erkinlikdan ko‘ra tartib ustun bo‘lgan”: MIT PhD dasturiga 100 foizlik grant yutgan Munisa Jumanova hikoyasi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
10:20 / 13.04.2026
Oliy ta’limda chet elliklar uchun yangi grant dasturi ishga tushiriladi
09:54 / 28.03.2026