Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
Davlat tashrifi joriy yil iyun oyida amalga oshirilishi kutilyapti.
Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Amartuvshin Gombosuren boshchilik qildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga, shuningdek, Mo‘g‘uliston prezidentining joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifiga alohida e’tibor qaratildi.
Mo‘g‘uliston tomoni O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
10:06 / 09.03.2026
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarini o‘rganadi
17:56 / 29.12.2025
Shavkat Mirziyoyev yil davomida xorijiy davlatlarga 28 ta tashrifni amalga oshirdi
20:44 / 10.12.2025
Paragvay prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
18:37 / 08.09.2025