Prezident Qosim-Jömart Töqayev bir qator davlatlarga taşrif buyurişi, şuningdek, Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasining yubiley sessiyasida nutq sözlaşi haqida aytdi, deb xabar berdi Tengrinews.
Xalqqa murojaat qilgan prezident yaqin istiqboldagi iş rejalari haqida ma’lumot berdi.
«Yil oxirida mening Rossiya, Özbekistonga taşriflarim bölib ötadi, Ozarboyjon, Armaniston, Turkmaniston rahbarlarini Ostonada qabul qilişga tayyorgarlik körmoqdamiz, Osiyo va Yevropaning bir qator davlatlari rahbarlari bilan uçraşuv va muzokaralar rejalaştirilgan», dedi Qosim-Jömart Töqayev.
Şuningdek, prezident BMT minbarida nutq qilişini aytdi.
«Tez orada Nyu-Yorkda bölib ötadigan Boş Assambleyaning yubiley sessiyasida nutq sözlaşni rejalaştirmoqdaman, u yerda Qozoğistonning xalqaro vaziyatga qaraşini, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkilotini isloh qiliş böyiça takliflarini taqdim etaman», deb qöşimça qildi davlat rahbari.












