Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib qolindi
Zangiota tumani Harakat mahallasida joylashgan uylarning birida qutqaruvchilar taxminan 5 metrlik hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qoldi.
2024 yilning 13 may kuni soat 16:58 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Harakat mahallasida joylashgan uylarning birida 2 yoshli bolaning hayoti qutqarib qolindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu uy egasining 2 yoshli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlidagi hojatxonaga tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.


Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
11:24 / 23.05.2026
Ehtiyotsizlik oqibati: hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi
20:51 / 25.01.2026
Zangiotada nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxonalarga chora ko‘rildi
18:07 / 17.12.2025