Elektrotexnika eksportida minimal narxlarni belgilash uchun ishchi guruh tuzildi
Ishchi guruh tarkibidan elektrotexnika sanoatidagi 12 ta yirik korxona rahbarlari o‘rin olgan. Guruhga Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov rahbarlik qiladi. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ishchi guruh raisining o‘rinbosari bo‘ldi.
O‘zbekistonda elektrotexnika, to‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat o‘rnatilmoqda. Bu borada hukumat qarori qabul qilindi.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi bu qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.
Yig‘ilish bayoniga muvofiq, elektrotexnika mahsulotlarining minimal eksport narxlarini belgilash bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan.
Ishchi guruh tarkibi:
- Vahobov Davron Abdujalolovich – Savdo-sanoat palatasi raisi, ishchi guruh rahbari
- Yunusov Mirziyod Miraxmadovich – “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
- Sharipov Tohir Mirrahimovich – “Procab” QK MChJ ta’sischisi
- Umarov Farrux Rahmatjon o‘g‘li – “Uzkabel” QK MChJ rahbari
- Boboyev Bahriddin Bekturdiyevich – “Artikul Aziya Kabel” MChJ rahbari
- Tojixo‘jayev Adham Akromxo‘jayevich – “Techno Cable Group” QK MChJ rahbari
- Islom Umid Shavkatovich – “Yuqori Chirchiq Energy System” MChJ rahbari
- Qurbonov Alisher Abdug‘aniyevich – “Angren Pipe Plant” MChJ rahbari
- Nodirxonov Anvar Nodirxon o‘g‘li – “Metal Processing Technology” MChJ rahbari
- Sharopov Farrux Hikmatovich – “Sharq Tubes” MChJ rahbari
- Ro‘ziqulov Shohrux Tohirovich – “Artel Electronics Manufacturing” MChJ rahbari
- Azimov Sohib Asatovich – “Ideal Elektro Lyuks” MChJ rahbari
- Ahmedov Akmal Shomurodovich – “Sam-Ferre” MChJ rahbari
- Abdalov Davron Otaxonovich – “Premier Electrotech” MChJ rahbari
Mavzuga oid
13:52
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024
AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
18:11 / 12.12.2024