Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Mirobod, Yashnobod va Bektemir tumanlaridagi ayrim mahallalar bugun, 16 may kuni elektr ta’minotisiz qoladi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 16 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Manzillar:
- Mirobod tumani: «Yangi Mirobod» MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Yashnobod tumani: «Boysun» MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Bektemir tumani: «Musaffo» hamda «Abay» MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026