Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ta’mirlanadigan ko‘chalar va chorrahalar ro‘yxati e’lon qilindi
Poytaxt hokimligi shahardagi 32 ta chorraha va 17 ta ko‘chada ta’mirlash hamda rekonstruksiya ishlari olib borilishini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida may—sentabr oylarida qator ko‘cha va chorrahalarda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Hokimlik matbuot xizmatiga ko‘ra, ta’mirlash, rekonstruksiya ishlari asosan tungi vaqtda amalga oshiriladi. Poytaxtdagi piyodalar va haydovchilar bu ishlarning og‘irligini his qilmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi va’da qilingan.
Ta’kidlanishicha, bunday ta’mirlash ishlari birinchi marta keng ko‘lamda, yangi qoplama (ShMA) turlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, yerosti kommunikatsiyalari ham tekshiriladi.
Ta’mirlash, rekonstruksiya ishlari olib boriladigan chorraha va ko‘chalar ro‘yxati:
Chorrahalar:
- Bunyodkor shohko‘chasi – Qatortol-2
- Shota Rustaveli – Cho‘ponota
- Shota Rustaveli – Bobur
- Cho‘ponota – Bog‘ibo‘ston
- Cho‘ponota – Sa’diy Sirojiddinov
- Cho‘ponota – Arnasoy
- Cho‘ponota – Chilonzor
- Cho‘ponota – Qatortol
- Amir Temur – Osiyo
- Amir Temur – Bog‘ishamol
- Amir Temur – Iftixor
- Amir Temur – Shahriston
- Mirzo Ulug‘bek – Parkent
- Mirzo Ulug‘bek – Mahtumquli
- Muqumiy – Qatortol
- Muqumiy – Chilonzor
- Muqumiy – Arnasoy
- Muqumiy – Shohjahon
- Mahtumquli – KHAY
- Mahtumquli – Sodiq Azimov
- Mahtumquli – Yahyo G‘ulomov
- Mahtumquli – Shahrisabz
- Nurafshon – Sag‘bon
- Nurafshon – Farobiy
- Nurafshon – Beruniy
- Nurafshon – Qorasaroy
- KHAY – Sariko‘l
- Yangi Sergeli – Choshtepa
- Sag‘bon – Farobiy – Saqchimon
- Gavhar – Dumbirobod
- Mo‘minov – Do‘rmon yo‘li
- Shifokorlar – Farobiy
Ko‘chalar:
- Bobur
- Furqat
- Lutfiy
- Shota Rustaveli
- Beshqayrag‘och
- Feruza
- Yuzrabot
- Saqchimon
- Laylito‘g‘on
- Zarqaynar
- KHAY
- Osiyo
- Qorasaroy
- Sag‘bon
- Shahrisabz
- Parkent
- Pahlavon Mahmud ko‘chasidan Chkalov ko‘chasigacha
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026