Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan dorixona xodimi ushlandi
Poytaxtda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, S.C. MChJga qarashli dorixona sotuvchisi M.Q. fuqaro X.M.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan “Reduksin layt” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz 768 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 224 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.X. fuqaro M.X.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan 216 dona dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026