11:03 / 22.05.2024
5856

Yevro-2024ni O‘zbekistonda translatsiya qilish huquqlarini ZO'R TV sotib oldi

2024 yilgi Yevropa chempionatining O‘zbekiston hududidagi rasmiy translatsiya huquqini ZO'R TV sotib oldi. Bu haqda sharhlovchi Davron Fayziyev ma’lum qildi.

«Do‘stlar, bir yangilikni ma’lum qilmoqchiman. Germaniyada start oladigan Yevropa chempionatining O‘zbekistonda rasmiy translatsiya huquqlarini ZO'R TV telekanali xarid qildi. Yevro-2024 vaqtida ZO'R TV bilan ijodiy hamkorlik doirasida uchrashuvlarni sharhlab borishga kelishdik», — deydi Fayziyev o‘z kanalida. 

Sharhlovchilardan Xayrulla Hamidov ham qit’a chempionati bahslarini sharhlashi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Yevro-2024 14 iyundan boshlanib, 14 iyulgacha davom etadi.

Top