Telegram orqali soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan shaxs Telegram orqali turli mazmunidagi xabar (havola)ni jo‘natib, karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali pullarni o‘g‘irlagan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi 33 yoshli I.N. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 12 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 27 yoshli D.X. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan D.X. Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola)ni jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.X.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
20:04 / 26.11.2024
Kriptovaluta bilan bog‘liq bitimlar Telegramʼning asosiy daromad manbaiga aylandi
22:35 / 23.11.2024