O‘zbekiston | 11:23 / 28.05.2024
1971
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya O‘zbekistondan dukkakli ekinlar va quritilgan mevalar importini oshiradi

Belgiya bilan O‘zbekistondan dukkakli ekinlar importini 2023 yilga nisbatan ikki baravarga ko‘paytirish, O‘zbekiston eksport mahsulotlari turlarini diversifikatsiya qilish va kengaytirish, quritilgan meva va sabzavotlar yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Belgiyaning GroupDepre kompaniyalar guruhi bosh direktori Karolin Depre bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Yevropa bozoriga O‘zbekiston mahsulotlari eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Belgiya vakiliga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarali natijalari, shuningdek, respublikada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekistondan dukkakli ekinlar importini 2023 yilga nisbatan ikki baravarga ko‘paytirish, shuningdek, O‘zbekiston eksport mahsulotlari turlarini diversifikatsiya qilish va kengaytirish, xususan, quritilgan meva va sabzavotlar yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid