O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi
Sport sohasida natijalari yuqori bo‘lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida kadrlarni tayyorlash akademiya asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Foto: Shutterstock
“O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi.
Quyidagilar 2025-2026 o‘quv yilidan akademiya huzuriga o‘tkaziladi:
- Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;
- Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.
Sport sohasida natijalari yuqori bo‘lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.
Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
Sportchilarga xorijiy tillar va O‘zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o‘rgatish maqsadida akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o‘z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:12
-
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi
Jahon | 21:08
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:26
-
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 19:59
Mavzuga oid

18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi

15:12 / 13.02.2025
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi

14:44 / 13.02.2025
Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi

13:11 / 13.02.2025