O‘zbekiston milliy jamoasining Turkmaniston va Eronga qarshi tarkibi e’lon qilindi
Iyun oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 ikkinchi saralash bosqich «E» guruhida so‘nggi ikki tur uchrashuvida maydonga tushadi.
Milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Turkmaniston va Eronga o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi. 6 iyun kuni Turkmaniston milliy jamoasi Toshkentda mehmon bo‘lsa, 11 iyun kuni milliy jamoamiz Tehronda Eron mehmoni bo‘ladi.
E guruhida Eron va O‘zbekiston 10 ochkodan to‘plab, hal qiluvchi 3-bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga ulgurgan bo‘lsa-da, bu bahslarda guruhdagi birinchi o‘rin masalasi hal qilinadi. Turkmaniston va Hongkong keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qotib bo‘lgan.
Katanets milliy jamoaning 2-saralashdagi so‘nggi ikki uchrashuviga kutilgan barcha legionerlarni jalb etgan. Xususan, Yevropada mavsum yakuniga yetgach, Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev, shuningdek, Eron chempionatida to‘p surayotgan Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov va yana bir qator boshqa legionerlar ham tarkibdan o‘rin olgan.
Bosh murabbiy Srechko Katanets tomonidan mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing:
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov («Navbahor»), Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Botirali Ergashev («Neftchi»);
Himoyachilar: Umar Eshmurodov («Selangor» Malayziya), Rustam Ashurmatov («Rubin», Rossiya), Husniddin Aliqulov («Rizespor», Turkiya), Abduqodir Husanov («Lans», Fransiya), Farrux Sayfiyev («Navbahor»), Muhammadqodir Hamraliyev («Paxtakor»), Sherzod Nasrullayev («Nasaf»), Abdulla Abdullayev («Xor Fakkan», BAA);
Yarimhimoyachilar: Otabek Shukurov («Kayserispor», Turkiya), Hojimat Erkinov («Al-Vahda», BAA), Jamshid Iskanderov («Navbahor»), Abbosbek Fayzullayev (TsSKA), Diyor Xolmatov («Paxtakor»), Odil Hamrobekov («Navbahor»), Azizbek Turg‘unboyev («Sivasspor», Turkiya), Oston O‘runov («Persepolis», Eron), Jaloliddin Masharipov («Istiqlol», Eron), Abdurauf Bo‘riyev («Olimpik»);
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Kalyari», Italiya), Azizbek Amonov («Xor Fakkan», BAA).
Ye guruhidagi vaziyat bilan tanishing:
Mavzuga oid
22:01 / 17.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
18:42 / 11.09.2024
Kim qanday o‘ynadi? Milliy jamoaning dastlabki ikki o‘yiniga nazar
20:58 / 10.09.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston safarda Qirg‘izistonni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi
14:25 / 07.09.2024