Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
Foto: Reuters
Yevropa Chempionlar Ligasi finalida «Real» va «Borussiya D» klublari to‘qnash kelishdi.
Birinchi bo‘lim Dortmund klubining katta ustunligida o‘tdi va «arilar» ikkita yaqqol vaziyatdan foydalana olishmadi.
Ikkinchi bo‘limda «Real» o‘ziga keldi va imkoniyatlardan foydalana olmagan raqibni jazoladi. 74-daqiqada burchak zarbasidan keyin Karvaxal hisobni ochdi. Goldan so‘ng nemis jamoasi o‘ziga kela olmadi va himoyadagi xatodan foydalangan Vinisius 83-daqiqada ikkinchi to‘pni ham kiritdi.
Shu tariqa «Real» o‘z tarixida 15-bor, so‘nggi 11 mavsumda 6-marta YeChL g‘olibiga aylandi. Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa 5-bor ushbu turnirda zafar quchdi va bu borada o‘zi o‘rnatgan rekordni yangiladi.
YeChL. Final
Borussiya D — Real 0:2
1 iyun, «Uembli»
Gollar: Karvaxal (74), Vinisius (83).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan (Malen, 80), Brandt (Aller, 81), Sancho (Baynu-Gittens, 87), Adeyyemi (Roys, 72), Fuldkrug.
Real – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 86), Valverde, Kamavinga, Bellinghem (Xoselu, 85), Vinisius (Vaskes, 90+4), Rodrigo (Militao, 90+1).
Ogohlantirishlar: Vinisius (35), Shlotterbek (40), Zabitser (43), Hummels (79).
Mavzuga oid
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:47 / 08.05.2026