Toshkentda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz qamoqqa olindi
Poytaxtning Yashnobod tumanida yashovchi 21 yoshli qizga ijtimoiy tarmoqda viloyatliklarni haqorat qilgani uchun ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. U qamoqqa olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatliklarni haqorat qilgan qiz videosi tarqaldi. Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Manbaga ko‘ra, Yashnobod tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan R.N. 2024 yilning 2 iyun kuni tanishlari bilan Yakkasaroy tumanida joylashgan “Seoul Mun” dam olish maskaniga borib, o‘zini tasvirga olgan holda hech bir sababsiz viloyatliklarni haqorat qilgan. So‘ngra u videoni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilgan.
R.N.ning sodir etgan xatti-harakatlari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 286-moddasi tartibida qamoqqa olinib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
15:48
Toshkent-Xanchjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024