Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik paravelosportchilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tgan paravelosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston 19 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida paravelosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Terma jamoa chempionat doirasida 10 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal oldi. Musobaqada Tailand ikkinchi, mezbon Qozog‘iston esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Medalchilar
erkaklar:
- Bunyodbek Haytmahammadov (C1) oltin;
- G‘olibbek Mirzayorov (C2) oltin;
- Og‘abek Huderganov (C3) oltin;
- Azimbek Abdullayev (C5) oltin;
- Aziz Ataxo‘jayev (T1) oltin;
- Baxodir Odinayev (T2) oltin;
- To‘lqin Ravshanov (T2) kumush;
- Saidjabbor Dadaxonov (T1) bronza;
- Boymurod Yavqochev (C5) bronza;
- Abrorbek Ibrayimov (C4) bronza;
- Azizxo‘ja Olimxo‘jayev (C2) bronza;
- Muhammed ali Jo‘limbetov (C3) bronza.
Ayollar:
- Azizaxon Qosimova (C3) oltin;
- Kamola Nurillayeva (C4) oltin;
- Laziza Usmonova (T1) oltin;
- Odina Hamdamova (T2) oltin;
- Fotima Soipova (T1) kumush;
- Zarifa Mo‘minova (T2) kumush;
- Fotimaxon Haydarova (T2) bronza.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
18:06 / 03.02.2026
2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Qozog‘istonda o‘tkaziladi
16:44 / 15.01.2026