Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi
Poytaxtning Shayxontohur tumanida tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, U.M. MChJ haydovchi-ekspeditori E.Yu. buyurtmachilar tomonidan ushbu MChJga qaytarilgan 139 dona turli mahsulotlarni MChJ omborxonasiga qayta kirim qilmasdan, boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
11:47 / 09.04.2026
“Obnalchi” korxonaning soliq majburiyati halol tadbirkor gardaniga yuklanyapti” – tadbirkorlar Soliq qo‘mitasidan norozi
20:57 / 03.04.2026