Xitoy «haqiqiy tinchlik» sammitini o‘tkazishga chaqirdi
Xitoy Rossiya va Ukraina tomonidan tan olingan, barcha tomonlar teng ishtirok etadigan «haqiqiy tinchlik» sammitini chaqirish tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan BRICS davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Xitoy Ukraina bo‘yicha «haqiqiy tinchlik» sammiti o‘tkazish tarafdori ekanini, unda mojaroning har ikki tomoni ishtirok etishi lozimligini aytdi.
«Ukraina inqirozi davom etmoqda, Xitoy Rossiya va Ukraina tomonidan tan olingan, barcha tomonlar teng ishtirok etadigan va barcha tinchlik rejalarini halol muhokama qilgan holda, haqiqiy tinchlik sammitini chaqirish tarafdori», dedi Van I.
15-16 iyun kunlari Shveytsariyada Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tadi. Unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan taklif qilingan mojaroni hal qilish rejasining bir qismi muhokama qilinadi. Anjumanda 90 ta davlat va tashkilot ishtirok etishi kutilmoqda. Rossiya taklifnoma olmagan. Xitoy ishtirok etmaydi, AQSh nomidan faqat vitse-prezident qatnashadi.
23 may kuni Xitoy va Braziliya rasmiylari Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etdi. U olti banddan iborat bo‘lib, birinchisi harbiy harakatlarni to‘xtatishdir. 5 iyun kuni Van I taqdim etilgan reja 26 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini aytdi. Shu kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Xitoy va Braziliya takliflarini rad etdi. Vazirlikning qayd etishicha, aynan Ukraina mojaro qanday hal qilinishini belgilashi kerak, chunki janglar uning hududida ketmoqda.
Mavzuga oid
22:37 / 23.11.2024
Politico: Xitoy iqlim siyosati poygasida AQSh va YeIdan o‘zib ketdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024