O‘zbekiston | 10:34 / 15.06.2024
17132
4 daqiqa o‘qiladi

Yana bir “ko‘cha guruhi”ga qarshi sud jarayonlari boshlandi

Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev hamda yana 10 kishiga qarshi sud jarayonlari boshlandi. Ular asosan tovlamachilik, bosqinchilik, zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

14 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida yana bir “ko‘cha guruhi”ga qarshi sud jarayoni boshlandi. Ular orasida Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev ham bor.

Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish, bosqinchilik, tovlamachilik, jinoiy uyushma tashkil etish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish kabi jinoyatlarni sodir qilganlikda gumonlanmoqda.

Sudlanuvchilar ro‘yxatida Saidahmadxon Mahmudxo‘jayevdan tashqari yana 10 kishining ismi keltirilgan.

Jinoiy uyushma a’zolari quyidagilarda ayblanmoqda:

Abdullayev Axror Ravshan o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi v-bandi (Tovlamachilik), 273-modda 5-qismi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish);

Salimbekov Azamat Avazjonovich – Jinoyat kodeksining 138-modda 2-qismi a-bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamachilik);

O‘roqov Abdunazar Sayidnazarovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi v-bandi (Tovlamachilik);

Tursunov Sarvar Soyibjon o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 138-modda 2-qismi a-bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 164-modda 4-qismi a-bandi, v-bandi (Bosqinchilik), 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamachilik);

Erkinov Fozil Iskandar o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 138-modda 2-qismi a-bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamachilik), 165-modda 3-qismi v-bandi (Tovlamachilik);

Umarov Avaz Raximovich – Jinoyat kodeksining 138-modda 2-qismi a-bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi a-bandi (Firibgarlik);

Ahmedov Shoxrux Qayumjon o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 138-modda 2-qismi a-bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 164-modda 4-qismi a-bandi, v-bandi (Bosqinchilik), 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamachilik);

Umarov Oybek Avaz o‘g‘li – Jinoyat kodeksining 138-modda 2-qismi a-bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi a-bandi (Firibgarlik);

Umarov Dilmurod Rustamovich – Jinoyat kodeksining 138-modda 2-qismi a-bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamachilik);

Nosirov Baxtiyor Sharifovich – Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi v-bandi (Tovlamachilik).

Jabrlanuvchilar soni 5 kishi.

40 yoshli Saidahmadxon Mahmudxo‘jayev o‘tgan yilning dekabr oyida jinoyat olami vakillariga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirlardan birida qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid