O‘zbekiston | 12:44 / 18.06.2024
30996
2 daqiqa o‘qiladi

18 mingdan ortiq xotin-qizlarga OTMda o‘qish uchun tavsiyanoma berildi

Ehtiyojmand oilalardagi 18 481 nafar xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun tavsiyanoma berildi.

Foto: Kun.uz

Respublika bo‘yicha jami 18 481 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi, 18 372 nafar talabgorga tavsiyanoma berish rad etildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berishicha, talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuborilgan. Shuningdek, tavsiyanoma olish uchun ariza bergan xotin-qizlar xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali o‘zlarida tavsiyanoma bor yoki yo‘qligini tekshirish imkoniyati yaratilgan.

Berilgan tavsiyanomalar xotin-qizlar.uz elektron platformasida mavjud. Platforma ma’lumotlari Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markaziga ko‘chirilganligi bois, integratsiya jarayonlarida tegishli IP manzillarda o‘zgarish yuzaga kelgan. Hozirda mazkur texnik masalalar bartaraf etilganidan so‘ng, berilgan tavsiyanomalar Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli platformasiga integratsiya qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning o‘zida ro‘yxatdan o‘tib, fanlar majmuasini tanlash mumkin. Qo‘mita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu ma’lumotlar aks etadi.

Mavzuga oid