Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
17 iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Haydovchilardan biri jarohat oldi.
Foto: Videodan kadr
Poytaxtning Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 17 iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
Haydovchilar, 1998 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvida bo‘lgan MENLO rusumli avtomashina, 1999 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashina, 1992 yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2107” rusumli avtomashina va 1990 yilda tug‘ilgan B.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi kuzatildi.
YTH oqibatida MENLO rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025