Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqdagi tog‘larda adashib qolgan 4 kishi qutqarildi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Kichik Oqsoy tog‘iga sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi Kichik Oqsoy tog‘iga sayr qilish maqsadida borgan 4 nafar fuqaro yo‘ldan adashib qolgani va ularga yordam zarurligi to‘g‘risida xabar tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.

Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan fuqarolar Kichik Oqsoy tog‘ining dengiz sathidan 2000 metr balandlikda ekani aniqlanib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid
14:35 / 24.06.2025
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi
15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi
10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
09:35 / 24.12.2024