Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voronejda xavfsizlik kuchlari 45 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantini ushladi
Ulardan 12 nafariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Rossiyaning Voronej viloyati politsiyasi Voronej shahridagi bir nechta qurilish obektlarida migratsiya qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish maqsadida reyd o‘tkazdi.
45 Strelkovaya diviziya ko‘chasida joylashgan obektda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari qo‘lga olingan.
Politsiya taqdim etgan videoda bir qancha ishchi yerga o‘tqazib qo‘yilgani, miltiq bilan qurollangan va yuzi niqoblangan shaxslar boshqa ishchilar guruhini saf tortgan holda olib kelayotgani ko‘rinadi. Politsiyachilardan biri ularga «na stulya prisajivaytes» (stullarga o‘tiring) degani eshitiladi. Vaholanki, bu joyda hech qanday stul yo‘qligi ko‘rinib turibdi.
Politsiya xabarida aytilishicha, «Rosgvardiya jangchilari ko‘magida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan». Ulardan 12 nafari hujjatlarini tekshirish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Keyinchalik ularga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksning «Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan noqonuniy ishga joylashish» moddasi bo‘yicha 12 ta bayonnoma tuzilgan. Shuningdek, ish beruvchiga nisbatan Voronej IIB tomonidan tekshiruv tayinlangan.
Mavzuga oid
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026
Germaniyaga 40 ming hamshira: O‘zbekiston yangi mehnat bozorlarini ochadi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
08:25 / 06.02.2026