O‘zbekiston va Eron Falastin muammosini hal etish bo‘yicha fikr almashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Eron TIV rahbari Tehronda muzokaralar o‘tkazdi.
Osiyo hamkorlik muloqotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tehron shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev kecha Eron tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bageriy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda turli yo‘nalishlardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlatning savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorligi, jumladan, mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga qaratilgan hududlararo transport-logistika loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Madaniy-gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim jihatlari, jumladan, Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
15:14 / 17.10.2024
“Isroil Eronga hujum qilishi aniq, asosiy masala – hujumning ko‘lamida” - turkiyalik tahlilchi Rahim Farzom
10:30 / 17.10.2024
Eron BMTni Isroilning mintaqadagi tajovuzini to‘xtatishga chaqirdi
11:20 / 16.10.2024
OAV: Isroil Eronning yadroviy inshootlariga zarba bermaydi
21:32 / 15.10.2024