Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ining muhofaza zonasida yong‘in chiqdi
Natijada shahardagi uchta tuman va Toshkent tumanidagi qator mahallalar 2 soatdan ortiqroq vaqt davomida elektrsiz qoldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” yuqori voltli tarmoqlarning muhofaza hududlarida ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.
Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlari hamda Toshkent tumanidagi ayrim iste’molchilar 27 iyun kuni ma’lum vaqt davomida elektr energiyasiz qoldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” axborotiga ko‘ra, soat 14:23 da Toshkent shahrida “L-DOK-1” va “L-DOK-2” yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Bu nosozlik bu tarmoqlarning muhofaza zonasida yuzaga kelgan yong‘in bilan bog‘liq.
Kompaniya soat 16:37 da qo‘shimcha xabar berib, nosozlik bartaraf etilgani, elektr energiyasidan uzilgan hududlarga qayta kuchlanish berilganini ma’lum qildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” iste’molchilardan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining muhofaza hududlarida ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘ragan.
Toshkent tumani hokimligidan ma’lum qilishlaricha, uzilish tumanning Nurhayot, Majnuntol, Ozodlik, Iftixor, Uchchinor, Masalboy, Xiyobon, Zargar, Sohibkor, Ko‘kterak, Halimko‘p, Sag‘bon, A. Navoiy, Qizg‘aldoq, Farovon, Gulobod, Uchsada, Gultepa, Shirin, Chuvalachi, Navoiy, Qizg‘aldoq, Huvaydo, Fayzobod, Oqibat, Tinchlik, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Bahor, Hasanboy guzari, Kensoy, Yuqori Hasanboy, Avliyo-ota, Oydin hayot, Hojiota, Rahbarobod, Iqbol, Tutzor, Sabzovot, Darxon, Ibrat, Bog‘bon, Ayriota, Qashqarlik, Mustaqillik, Sanoat, G‘isht ko‘prik, Sirg‘ali, Sarke mahallalarini qamrab olgan.
Mavzuga oid
11:55
Prezident Yangi Sergeli ko‘chasidagi yangilangan infratuzilma bilan tanishdi
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026