02:51 / 30.06.2024
2782

Yevro-2024. Germaniya Daniyani mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi

Foto: Reuters

Germaniyada o‘tayotgan Yevropa chempionatida 1/8 finalning ikkinchi bahsida mezbonlar Daniyaga qarshi maydonga tushib, ikkinchi bo‘limda Haverts va Musiala urgan gollar evaziga g‘alaba qozonishdi. Nemislarning birinchi golidan 4 daqiqa avval skandinaviyaliklar to‘p kiritishgandi, ammo Andersenning goli kichik ofsayd sabab bekor qilindi. 

E’tiborlisi, bellashuv 36-daqiqada kuchli momaqaldiroq sabab 20 daqiqaga to‘xtatildi va so‘ng davom ettirildi. 

Germaniya chorakfinalda Ispaniya — Gruziya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. 

Yevro-20241/8 final

Germaniya  Daniya 2:0

29 iyun, «Signal Iduna Park»

Gollar: Haverts (53, penalti), Musiala (68).

Germaniya – Noyyer, Ryudiger, Shlotterbek, Raum (Henriks, 80), Kroos, Gundo‘g‘an (Fullkrug, 65), Andrix (Jan, 64), Kimmix, Haverts, Sane (Anton, 88), Musiala (Virts, 81).

Daniya – Shmeyxel, Ba (Kristiansen, 81), Vestergor, Kristensen (Bruun Larsen, 81), Andersen, Mele, Dileyni (Nyorgor, 69), Eriksen, Hyoyberg, Olsen (Poulsen, 69), Hoylund (Vind, 81).

Ogohlantirishlar: Andersen (57), Mele (60).

Mavzuga oid
Top