Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy mobil konteynerlar yetkazib beradi
Tibbiy mobil konteynerlar kompyuter tomografiyasi, ultratovush, rentgen va boshqa uskunalar uchun skanerlar bilan jihozlangan.
Yaponiya O‘zbekistonga 4 ta tibbiy mobil konteynerlar yetkazib beradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2 iyul kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Yaponiya elchisi Xatori Takashi beg‘araz yordam doirasida amalga oshirilayotgan 3 mlrd iyenalik (6,3 mln dollar) «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi» bo‘yicha almashinuv notalarini imzolangan.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi skanerlari, ultratovush, rentgen apparatlari bilan jihozlangan qo‘shimcha 4 ta tibbiy mobil konteyner yetkaziladi. Bu bilan respublika bo‘ylab samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaxshilanadi.

Qayd etilishicha, kompyuter tomografiyasi skanerlari qator kasalliklarni aniqlashda muhim hisoblanadi. Mobil tibbiy konteyner har qanday joyda, jumladan, favqulodda vaziyatlarda ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026