Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
O‘zbekistonda xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim dasturlarda Islom taraqqiyot banki ishtirokini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov Islom taraqqiyot bankining (ITB) Loyihalashtirish masalalari departamenti bosh direktori Anas Aysam bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish, mamlakatda ishlab chiqilayotgan yirik loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda texnik-gumanitar yordamlarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.
Anas Aysam so‘nggi yillarda O‘zbekistonda kuzatilayotgan o‘zgarishlar dunyo mamlakatlari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib borilayotganini aytib o‘tgan. O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki hamkorligi bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan strategiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgani inobatga olinib, 2022-2026 yillar uchun ana shunday strategiya ishlab chiqilgani ma’lum qilingan.
Tomonlar istiqbolda transport, logistika, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, suv, atrof-muhit, chorvachilik, obod qishloq va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashgan. Shuningdek, O‘zbekistonda xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim dasturlarda Islom taraqqiyot banki ishtirokini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Uchrashuv yakunida mazkur bank tomonida amalga oshirilayotgan loyilar ijrosini doimiy tarzda monitoring qilib borish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilish uchun bank vakillarining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olingan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi
O‘zbekiston | 21:36
-
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi
O‘zbekiston | 21:10
-
O‘zbekiston vakili Fransiyaning «San’at va adabiyot» ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 21:07
-
Argentina prezidenti biznesmenlar bilan kechki ovqatlarda uchrashish uchun 20 ming dollargacha pul olgan - Bloomberg
Jahon | 20:58
Mavzuga oid

14:03 / 20.02.2025
ITB O‘zbekistonda ta’lim va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun salkam 300 mln dollar ajratadi

10:15 / 08.01.2025
ITB O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln dollar ajratadi

15:50 / 27.04.2023
Shavkat Mirziyoyev ITB bilan yangi sheriklik dasturini birga amalga oshirish muhimligini qayd etdi

09:56 / 17.03.2023