Vazirlar Mahkamasi «Islom taraqqiyot banki iştirokida «Kiçik va örta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaş» loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni qabul qildi.

Kiçik va örta tadbirkorlikni moliyalaştirişda qöşimça imkoniyatlarni yaratiş, taklif etilayotgan moliyaviy xizmat turlarini kengaytiriş, şuningdek, islomiy moliyalaştiriş salohiyatini oşiriş orqali kiçik va örta tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

  • Özbekiston va Islom taraqqiyot banki örtasida 2024 yil 18 aprelda «Kiçik va örta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaş» loyihasini moliyalaştiriş uçun 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga jami 30 mln AQŞ dollari miqdorida hadli va agentlik töğrisidagi kelişuvlar imzolangani;
  • Özbekiston Respublikasi va ITB (Rivojlaniş uçun islom birdamlik jamğarmasi nomidan) örtasida 2024 yil 18 aprelda loyihani moliyalaştiriş uçun 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga jami 10 million dollar miqdorida qarz bitimi imzolangani;
  • loyiha doirasida Özbekiston Respublikasi hissasi soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etiş körinişida 0,3 mln AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarni taşkil etayotgani;
  • loyihani amalga oşiriş uçun loyihaoldi baholaş hujjatlari ITB tomonidan ma’qullangani ma’lumot uçun qabul qilindi.

Belgilanişiça:

  • Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihani öz vaqtida amalga oşiriş hamda muvofiqlaştiriş, şuningdek, ITB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalaniş böyiça mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi;
  • ITB ning 30 mln dollar miqdoridagi mablağlari loyihada iştirok etayotgan «Biznesni rivojlantiriş banki» ATBga va 7,5 mln dollar miqdoridagi mablağlari «Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi» AJga resurs sifatida taqdim etiladi;
  • ITB qarz mablağlarini qaytariş, şu jumladan, qöşimça haq (ustama) va foizlar xarajatlari iştirok etuvçi tijorat banki, kompaniya hamda Özbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan amalga oşiriladi;
  • Loyiha 2025−2027 yillar davomida amalga oşiriladi;
  • Loyihani amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Loyihani amalga oşiriş guruhi taşkil etiladi;
  • Loyihani amalga oşiriş davrida LAOG faoliyatini moliyalaştiriş böyiça yillik xarajatlar smetasi hamda ştatlar jadvali Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.