Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yandex Uzbekistan Toshkentda ofis ochadi
Toshkentdagi ofis O‘zbekistonda Yandex Go shahar xizmatlari, ta’lim servislari va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, o‘zbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
Yandex Uzbekistan mamlakatdagi biznesini rivojlantirish maqsadida shu yil kuzda Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.
“Ofis ochilishi jamoani kengaytirish, yangi xizmatlarni tezroq ishga tushirish va mamlakatda faoliyat yuritayotgan xizmatlarni kengaytirishga imkon beradi. Kompaniya, shuningdek, o‘zbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda”, – deyiladi rasmiy relizda.
Ta’kidlanishicha, Toshkentdagi ofis O‘zbekistonda Yandex Go shahar xizmatlarini, ta’limiy, ko‘ngilochar va boshqa xizmatlarni rivojlantiruvchi xodimlarni birlashtiradi.
Ofis ochilgandan so‘ng Yandex yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlariga qabul qilishni boshlaydi.
“Amaliyotlarning boshlanishi – bu Yandex kompaniyasining IT-ta’lim dasturining bir qismi bo‘lib, loyiha doirasida kompaniya qo‘shimcha ravishda O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilari uchun yangi Dasturlash maktablarini ochadi, informatika o‘qituvchilari uchun dasturlash bo‘yicha malaka oshirish kurslarini ishga tushiradi va ularga Python bo‘yicha metodik materiallardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Yandex kompaniyasi, shuningdek, qizlarni IT-tadbirkorlik sohasida rivojlantirishga qaratilgan Technovation Girls mentorlik dasturini qo‘llab-quvvatlaydi va sport dasturlash bo‘yicha intensiv treninglar o‘tkazadi”, – deya ma’lum qildi kompaniya.
Mavzuga oid
09:43 / 04.04.2026
O‘zbekistonda IT biznes ochgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
20:03 / 25.03.2026
Enterprise Uzbekistan uchun maxsus huquqiy rejim 2100 yilgacha amal qiladi
20:18 / 26.12.2025
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
19:00 / 03.12.2025