O‘zbekiston | 14:46 / 11.07.2024
14182
1 daqiqa o‘qiladi

Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimi Farxod Abdullayev boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi. U 2019 yil may oyidan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Foto: t.me/uzdavgeolcom

Farxod Abdullayev Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilindi. Tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarib turish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid Alimjonov zimmasiga yuklatilgan.

Farxod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ raisi etib tayinlangan.

Davlat rahbari joriy yil 29 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda sanoat uchun muhim minerallar masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi. Shundan so‘ng, bu yo‘nalishga ixtisoslashgan “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tashkil etilgandi.

Farxod Abdullayev 2019 yil may oyidan buyon Uchtepaga hokimlik qilib kelayotgandi. Bungacha u 2011−2018 yillarda «O‘zikkilamchiranglimetall» korxonasiga rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid