Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi
Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati berilmoqda.
Prezidentning “Budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etilmoqda.
Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati beriladi. Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan vazirlik va idoralarga, Markaziy bank va tijorat banklaridan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘larini oluvchilarning budjet va davlat qarzi mablag‘larining harakatiga doir ma’lumotlarni markazlashgan tartibda so‘rab olish vakolati beriladi.
Farmonga muvofiq, Hisob palatasida quyidagilar tashkil etiladi:
– Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish shu’basi;
– Xalqaro standartlar asosida davlat auditini tashkil etish shu’basi;
– Tadqiqot, ekspert-tahlil va o‘quv markazi (Tadqiqot markazi).
Shuningdek, g‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalariga quyidagi vazifalar yuklandi:
- davlat xaridlari sohasida qonunbuzilishi holatlari aniqlanganda, to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatish (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlar bundan mustasno), shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish va qonunbuzilishi holatlari mavjudligi to‘g‘risida davlat buyurtmachisiga hamda davlat moliyaviy nazorati organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabarnoma yuborish;
- moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlarida shubhali holatlar bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini 3 ish kunida xabardor qilish;
- ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar bo‘yicha muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasigacha Hisob palatasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" "Real"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, "Bavariya" o‘z uyida "Inter"ga yengildi
Sport | 01:57
-
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
Jahon | 00:56
-
Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda - Financial Times
Jahon | 00:24
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
Mavzuga oid

08:10 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

15:57 / 25.02.2025
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi

16:55 / 21.01.2025