Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina 16-bor Amerika Kubogida g‘olib bo‘lib, mutlaq rekordchiga aylandi
AQShda o‘tgan Amerika Kubogi yakuniga yetdi.
Foto: Agustin Marcarian / Reuters / Scanpix / LETA
Finalda amaldagi chempion Argentina Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi. Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida esa Lautaro Martines g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa Argentina ketma-ket 2-marta, umuman 16-bor o‘z qit’asida tengsiz jamoaga aylandi va Urugvayni (15) ortda qoldirib, mutlaq rekordchiga aylandi.
«Albiseleste» sardori Lionel Messi jarohat sabab 66-daqiqada almashtirildi va zaxira o‘rindig‘ida ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. Yana bir tajribali futbolchi Anxel Di Mariya esa milliy jamoadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.

Amerika Kubogi-2024. Final
Argentina — Kolumbiya 1:0
15 iyul, «Hard Rock»
Gol: Lautaro Martines (112).
Argentina – Emiliano Martines, Montiel (Molina, 72), Romero, Lisandro Martines, Talyafiko, Di Mariya (Otamendi, 117), Mak Allister (Paredes, 97), De Paul, Fernandes (Lo Chelso, 97), Messi (Gonsales, 66), Alvares (Lautaro Martines, 97).
Kolumbiya – Vargas, Santiago Arias, Sanches, Kuesta, Moxika, Lerma (Uribe, 105), Jon Arias (Karraskal, 105), Rios (Kastanto, 89), Xames (Kintero, 90), Dias (Borxa, 105), Kordoba (Borre, 89).
Ogohlantirishlar: Kordoba (27), Mak Allister (61), Borxa (115), Lo Chelso (118).
Mavzuga oid
16:19 / 30.11.2025
Messi jamoasi bilan Sharqiy konferensiya g‘olibi bo‘lib, finalga chiqdi
16:57 / 12.11.2025
«Og‘irim tushishini istamayman»: Messi JChga bormasligi mumkin
20:57 / 10.11.2025
Messi yashirincha «Barselona» stadioniga bordi
18:44 / 29.10.2025