Jamiyat | 07:59 / 15.07.2024
2910
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida beton to‘siqqa urilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yuk mashinasi beton to‘siqqa urilgan va unda yong‘in kelib chiqqan.

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l”

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 2024 yil 14 iyul kuni soat 18:00da Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lining 258,5 kilometrida sodir bo‘lgan. Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan. YTHdan so‘ng yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

FVB o‘t o‘chiruvchilar bo‘linmasi tomonidan yong‘in o‘chirilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan. Hozirda dovonda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Oldinroq dovonda IVECO yuk mashinasi ham YPX maskanidagi beton to‘siqqa urilib, yonib ketgandi.  

Mavzuga oid