O‘zbekiston | 11:12 / 16.07.2024
5953
1 daqiqa o‘qiladi
Markaziy bank Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
O‘zbekiston Markaziy banki Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Azamat Rajabov ushbu lavozimda ish boshlagan.
U 1983 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodiyot.
Mehnat faoliyati davomida «Mikrokreditbank» AT bankining tuman, viloyat mintaqaviy filiallarida boshliq, «Mikrokreditbank» AT banki boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Azamat Rajabov tayinlovga qadar «Mikrokreditbank» AT banki Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.
Mavzuga oid
14:50
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
11:56 / 11.11.2024